"Bavariya" Kimni sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Je Myunxen klubini tark etishi mumkin.
Avvalroq, futbolchiga Angliya premer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD’ga ma'lum bo'lishicha, "Bavariya" sport direktori Maks Eberl o'tgan yozdayoq Kim Min Jening atrofidagilarga agar yaxshi taklif bo'lsa, klub u bilan xayrlashishga tayyorligini aytgan. "Bavariya"ning pozitsiyasi o'zgarmadi. Biroq, futbolchining o'zi Myunxenda o'zini juda qulay his qilayotgani va hozirgi rolini qabul qilayotgani ta'kidlanmoqda.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345