Eder Militao jarohatidan so'ng to'p bilan ishlashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 673

"Real" himoyachisi Eder Militao to'p bilan mashg'ulotlarni davom ettirdi.
Braziliyalik futbolchi 7 dekabr kuni La Liga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda (0:2) sonining ikki boshli mushaklaridan pay shikastlanishi bilan jarohat olgan. Ma'lum qilinishicha, Militao tiklanishiga 4 oygacha vaqt ketadi.
Seshanba kuni Marca Militao to'p bilan ishlashni boshlagani haqida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, fevral oyi boshida "Real"ning yana ikki nafar jarohat olgan himoyachisi - Trent Aleksander-Arnold va Antonio Ryudiger maydonga qaytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355