«Liverpul» hujum yulduzlaridan birini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53

Hujumchi Kodi Gakpo «Liverpul»ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Uilson Koks xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» shu yozda niderlandiyalik futbolchini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Bunga «Liverpul»ning yangi mavsum oldidan tarkibni qayta shakllantirish (qayta qurish) istagi sabab bo'lmoqda.
Gakponing «Liverpul» bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda u 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376