Mbappe Vinisiusning haqoratlanishini oqlayotganlarga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Vinisius Juniorga nisbatan qilingan irqiy haqoratlarga munosabat bildirdi.
Braziliyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda «Benfika» a'zosi Janluka Prestianni uni irqiy kamsituvchi so'zlar bilan haqorat qilgan. «Qaymoqranglilar» forvardi bu haqda hakamga ma'lum qildi — endi UEFA ushbu holatni tekshirishi lozim.
«Vinisius ilgari hayotida odamlarni provokatsiya qilganmi? Ehtimol. Xatolarga yo'l qo'yganmi? Bo'lishi mumkin. Lekin u bunday munosabatga hech qachon loyiq emas. Ushbu haqoratlarni provokatsiyalarga nisbatan loyiq javob deb hisoblaydigan insonlarni tushunmayman. Menimcha, bunday gaplarni faqat o'zlari hech qachon irqiy haqoratlarga duch kelmagan odamlargina aytishi mumkin», — deya Mbappening so'zlarini «Madrid Zone» nashri keltirmoqda.
Bahs «Real»ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi, yagona gol muallifi esa aynan Vinisius bo'ldi.

Bosh sahifaga
370