Diego Simeone «Bryugge» bilan o'yin oldidan raqibga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubi safarda Belgiyaning «Bryugge» jamoasi bilan to'qnash keladi. «Matraschilar» ustozi Diego Simeone bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.
«Atletiko» «Barselona», «Marsel» va «Monako»ga qarshi munosib o'yin ko'rsatgan kuchli raqibga duch keladi. Bu yosh, ammo allaqachon tajriba to'plashga ulgurgan jamoa. Ularning hujum chizig'i juda tezkor. Bu oson bo'lmagan to'qnashuv bo'ladi, lekin biz g'alaba qozonishimiz kerak. Vazifamiz — turnirning keyingi bosqichiga yo'l olish», — deya argentinalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
«Bryugge» — «Atletiko» uchrashuvi bugun, 18 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
382