Kvaratsxeliya Chempionlar ligasida Anrining antirekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Monako»ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi o'yinida yoqimsiz statistika bilan yodda qoldi.
Pley-off bosqichining ilk uchrashuvi parijliklarning 3:2 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Kvaratsxeliya maydonda 69 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
«Opta Sports» ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi butun o'yin davomida «Monako» darvozasiga sakkiz bor zarba bergan, biroq ularning birortasi aniq chiqmagan (darvoza sohasiga bormagan). Ta'kidlanishicha, bu Chempionlar ligasining antirekordi (statistika 2003 yildan beri yuritiladi) takrorlanishidir. Bu antirekord «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Terri Anriga tegishli bo'lib, frantsuz bilan bunday holat ikki marta — 2004 yilda «Chelsi»ga va 2006 yilda TsSKAga qarshi o'yinlarda sodir bo'lgan.
Ushbu mavsumda Xvicha barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
349