Mbappe UEFAga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Madridning «Real» klubi markaziy hujumchisi Kilian Mbappe Lissabonning «Benfika» jamoasiga qarshi kechgan Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk uchrashuvida (1:0) jamoadoshi Vinisius Juniorning irqiy kamsitilgani yuzasidan UEFAga murojaat qildi.
«Mening aynan klubga va Mourinoga e'tirozim yo'q. U juda kuchli murabbiy. Lekin bunday xatti-harakatga yo'l qo'ygan futbolchi endi bu kabi turnirlarda o'ynashi mumkin emas. UEFA, zarur choralarni ko'rishingizdan umid qilaman. Bu vaziyatni sinchiklab o'rganib chiqish kerak», – deya frantsuz futbolchisining so'zlarini keltirmoqda «Marca» gazetasi.
Avvalroq, «Benfika» futbolchisi Janluka Prestianni o'yin davomida Vinisiusni haqorat qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh sahifaga
444