“Manchester Yunayted” “Nyukasl” vingeri uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1327

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun katta transferni amalga oshirishi mumkin. Fichajes nashrining xabar berishicha, “Old Trafford” egalari jamoaga o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi kerak deb hisoblamoqda. Asosiy nishon — “Nyukasl” va Angliya terma jamoasining 24 yoshli iqtidorli futbolchisi Entoni Gordon.
Ma'lum qilinishicha, “qizil iblislar” futbolchining transferi uchun 100 million evro atrofida mablag' sarflashni rejalashtirgan. “Nyukasl” o'z etakchisini qo'yib yuborishni istamayotgan bo'lsa-da, 100 million evrolik taklif klub rahbarlarini jiddiy o'ylab ko'rishga majbur qilishi mumkin.
Biroq bu poygada “Yunayted”ning raqibi ancha jiddiy. Xabarlarga ko'ra, “Liverpul” ham Gordonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mersisaydliklar Entonini Muhammad Salohning munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ma'lumot uchun, Gordon joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 10 ta gol va 5 ta assist qayd yozdirib qo'ygan. Klub futbolchini 2023-yilda 40 million evro evaziga sotib olingan edi. Hozirda uning qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
354