Tchuameni "Benfika" bilan o'yindagi irqchilik mojarosi tafsilotlarini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

Madridning "Real" klubi xavbeki Orelen Tchuameni Chempionlar ligasi pley-off bosqichining Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvidagi mojaroga izoh berdi. O'yin davomida "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior irqiy kamsituvchi haqoratlarga duchor bo'lgan edi.
"Jamoada hamma Vinisiusni qo'llab-quvvatlaydi. U bizga hammasini aytib berdi, lekin "Benfika" futbolchisi buni inkor etmoqda. Biz hatto maydonni tark etmoqchi ham bo'ldik. Ammo Vini davom ettirishimiz va g'alabaga erishishimiz kerakligini aytdi. Biz aynan shunday qildik. "Real" loyiq bo'lgan g'alabasini qo'lga kiritdi", – deya "SoFoot" frantsuz futbolchisining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
O'yin "qaymoqranglilar"ning 1:0 hisobidagi kichik g'alabasi bilan yakunlandi. Javob uchrashuvi kelasi hafta Madridda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
353