Osiyo chempioni «Andijon»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1722

Oldin xabar berganimizdek, «Andijon» selektsiya jarayonida tajribali o'yinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham e'tibor qaratmoqda.
Yaqinda Antaliyadagi yig'inga jamoa safiga qo'shilgan iste'dodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov rasman «Andijon» a'zosiga aylandi. U bilan mehnat shartnomasi imzolandi va yarim himoyachi klubi sharafini himoya qiladi.
Sayfiddin Sodiqov 2008 yilning 27 iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Bungacha birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida o'ynagan. Shuningdek, o'tgan yili O'zbekiston U17 terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni bo'ldi va jahon chempionatida qatnashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348