Anri: "Bu oqshom men madridistga aylandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

Mashhur frantsuz sobiq hujumchisi Terri Anri Madridning "Real" va "Benfika" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Vinisius Junior ishtirokida yuz bergan hodisaga izoh berdi.
Ikkinchi bo'limda braziliyalik futbolchi hakamga raqib vingeri Janluka Prestianni uni irqiy kamsituvchi so'zlar bilan haqorat qilganini ma'lum qilgan edi.
"Men "Real"ni yoqtirmayman, lekin bu oqshom men madridistman. Bunday holatda Vinisiusning qaysi jamoa libosini kiyib yurgani ahamiyatsiz.
Cheferin va UEFAning boshqa nufuzli shaxslari bu borada qanday chora ko'rishini kuzatmoqchiman. O'yin Vinisiusning golni nishonlashi sababli emas, balki Prestiannining so'zlari tufayli to'xtatildi", – dedi Anri "CBS Sports" studiyasida.
Aynan Vinisius uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan edi.

Bosh sahifaga
345