Mourino Vinisiusga nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan qanday e'tirozi borligini ochiqladi.
Braziliyalik futbolchi 50-daqiqada gol urdi va bu gol uchrashuvda yagona bo'lib qoldi. Portugaliyalik mutaxassisga "qaymoqranglilar" forvardining golni muxlislar qarshisida nishonlagani yoqmadi.
"Men Vinisiusga shunday dedim: "Sen ajoyib gol urding, lekin bunday nishonlashning nima keragi bor? Nima uchun shunchaki golingga va ajoyib futbolchi ekanligingga quvona olmaysan?" Agar bularning barchasi ko'plab turli stadionlarda aynan bir kishi bilan sodir bo'layotgan bo'lsa, demak, nimadir noto'g'ri", – deya Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "MatchDay Central".
Kelasi chorshanba, 25 fevral kuni "Real" javob uchrashuvida "Santyago Bernabeu"da "Benfika"ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
332