"Arsenal" "shishadek nozik" yulduzini sotuvga qo'yishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikardo Kalafori joriy mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishi mumkin.
Klub italiyalik futbolchining doimiy jarohatlaridan xavotirda, shu sababli uni sotib yuborish haqida o'ylamoqda, deb xabar bermoqda "Football Insider". 23 yoshli futbolchi yaqindagina jarohatidan qutilib, Angliya kubogi doirasidagi "Uigan"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor edi, biroq o'yinoldi chigalyozdi mashqlari paytida yana jarohat oldi.
"Arsenal" Rikardo Kalaforini 2024 yilning yozida Italiyaning "Bolonya" klubidan 45 mln evro evaziga sotib olgan edi. Hozirda futbolchining transfer qiymati "Transfermarkt" portali tomonidan 50 mln evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331