«Yuventus» Dibalaga 10 million evrolik shartnoma taklif qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

"Yuventus" hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Calciomercato.com nashri xabariga ko'ra, klub hujumchiga yiliga 10 million evro maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Dibalaning Chempionlar ligasi va A Seriyasida bo'lajak uchrashuvlardagi o'yini "Yuventus"ning shartnomani uzaytirish haqidagi qaroriga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
"Yuventus" va Dibala o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilda nihoyasiga etadi.
Ma'lum bo'lishicha, Dibala "Yuventus"da yiliga 12 million evro ishlab topmoqchi.
Tomonlar hamkorlikni 2025 yilgacha uzaytirish niyatida.
Manba: Calciomercato.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281