Olise "Bavariya"dan keyin qaerda o'ynamoqchi ekanligini belgilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

"Bavariya" vingeri Maykl Olisening klubdan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalishda davom etmoqda.
24 yoshli futbolchi kun kelib o'z kuchini Ispaniya La Ligasida sinab ko'rmoqchi – "TEAMtalk" xabariga ko'ra, Madridning "Real" va "Barselona" klublari uning bu rejalaridan allaqachon xabar topgan. Shunga qaramay, frantsuz yaqin kelajakda jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Hozirda Myunxenda uni hamma narsa qoniqtirmoqda.
Maykl Olise 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Futbolchining Germaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, mashhur "Transfermarkt" portali ekspertlari esa uning transfer qiymatini 130 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319