Goretskaga Bundesliga jamoasi qiziqmoqda, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska "Bayer" qiziqishlari doirasiga tushdi. "Dorishunoslar" 31 yoshli futbolchida maydon markazining yangi etakchisini ko'rishmoqda – ilgari Granit Jaka shunday rolni bajargan edi. Leverkuzenliklar allaqachon Goretskaning vakillariga murojaat qilishdi va futbolchi bu imkoniyatni keskin rad etmadi, biroq u Angliya Premer-ligasiga o'tish variantini afzal ko'rmoqda, deb xabar bermoqda "Sport Bild". Qishda Londonning "Tottenxem" va "Arsenal" klublari futbolchiga qiziqish bildirgan edi.
Eslatib o'tamiz, Leon Goretska joriy mavsum yakunidan so'ng erkin agentga aylanadi – muddati tugayotgan shartnoma uzaytirilmaydi. Xavbek 2018 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bosh sahifaga
319