Mbappe Vinisiusni haqorat qilgan futbolchining «ta'zirini berdi» (Foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Benfika» yarim himoyachisi Janluka Prestiannini «la'nati irqchi» deb atadi.
Bu voqea «Madrid»ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan Chempionlar ligasi uchrashuvi vaqtida sodir bo'ldi. O'yin davomida «Real» vingeri Vinisius hakam Fransua Leteksega Prestianni uni «maymun» deb haqorat qilganini aytgan. Shu bilan birga, «Benfika» hujumchisi labdan o'qish imkonsiz bo'lishi uchun gapirayotganda og'zini libosi bilan yopib olgan.
O'yin jarayonida Mbappe Prestianniga qarata: «Sen la'nati irqchisan», — deya murojaat qilgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387