«Real» Arbeloa qo'l ostida Pellegrini rekordiga yaqinlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

«Real» Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi barcha uchrashuvlarda raqiblar darvozasini ishg'ol qilib kelmoqda.
Bugun madridliklar Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish uchun kechgan ilk pley-off o'yinida «Benfika»ni mag'lub etishdi (1:0).
Arbeloa qo'l ostida «Real» futbolchilari barcha turnirlardagi 9 ta o'yinda jami 23 ta gol urishdi. Bu Manuel Pellegrini davridan (2009/10 yilgi mavsum) keyingi «Real» murabbiylari ichida qayd etilgan eng yaxshi boshlang'ich ko'rsatkichdir. O'shanda Pellegrini tayinlanganidan so'ng madridliklar ketma-ket 10 ta o'yinda gol urishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353