Dembele jarohat sabab "Monako"ga qarshi o'yinning 1-bo'limidayoq almashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Usmon Dembele «Monako»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limi o'rtalarida zaxiraga olindi.
«PSJ» vingeri Chempionlar ligasi doirasidagi o'yin oldidan o'zini noqulay his qilganiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Biroq 25-daqiqa atrofida frantsiyalik futbolchi murabbiylar shtabiga o'yinni davom ettira olmasligini bildirdi. 27-daqiqada uning o'rniga Dezire Due maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328