«Manchester Siti» «Nottingem» yulduzi uchun 70 million funt tayyorlab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 951

«Manchester Siti»ning transfer rejalaridan «Nottingem Forest»ning 26 yoshli yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olish o'rin olgan. Bu haqda «Football Insider» nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, «o'rmonchilar» o'z etakchisini 70 million funtdan kam bo'lmagan summaga qo'yib yuborishga tayyor. Qayd etilishicha, Gibbs-Uayt uchun kurashda «shaharliklar» yolg'iz emas — futbolchiga «Tottenxem» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Gibbs-Uayt 2023 yildan beri «Nottingem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u APL doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
443