"Yuventus"ning ikki direktori "Inter" bilan o'yindan so'ng diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

"Yuventus" himoyachisi Per Kalyulyu birinchi bo'lim oxirida maydondan chetlatilgani sababli, uchrashuvning tanaffus vaqtida 1:1 hisobi qayd etilib turganda mashmashali vaziyat yuzaga keldi. "Yuventus" vakillari hakamlar maydonni tark etayotgan vaqtda ularga nisbatan e'tirozlarini bildirishgan.
Klub bosh direktori Damen Komolli tahdidli va agressiv xatti-harakatlari uchun 15 000 evro miqdorida jarimaga tortildi va 31 martga qadar futboldan chetlatildi. Shuningdek, futbol strategiyasi bo'yicha direktor Jorjo Kellini ham jazolandi — u 27 fevralgacha diskvalifikatsiya qilindi. Ushbu qarorlar haqida insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Yuventus" A Seriyada beshinchi o'ringa tushib ketdi. "Keksa sinora" peshqadam "Inter"dan 15 ochko ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
443