Xabi Alonso mashhur klubga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3432

Xabi Alonso yanvar oyida "Real"dan bo'shatilgach, klubsiz qolgan edi. "The Touchline" nashri jurnalist Fabris Xokinsga tayanib xabar berishicha, yaqinda "Marsel" Alonso bilan aloqaga chiqqan. Provansalliklar ispaniyalik mutaxassisga bosh murabbiylik lavozimini taklif qilishgan. Biroq, Xabi bu taklifni rad etdi – unga klub ichidagi beqarorlik yoqmagan.
Eslatib o'tamiz, yaqinda "PSJ"dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng "Marsel" Roberto de Dzerbi bilan xayrlashgan edi.
Ayni damda "Marsel" Frantsiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Provansalliklar navbatdagi o'yinini 20 fevral kuni Liga 1 doirasida safarda "Brest"ga qarshi o'tkazishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373