«Liverpul» «Real» yulduzini sotib olib, transfer bozorini «portlatmoqchi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 661

Ko'rinishidan, Muhammad Saloh kelayotgan yozda «Liverpul»ni tark etadiganga o'xshaydi. Mersisaydliklar allaqachon hujum chizig'ida uning o'rnini kim bilan to'ldirish haqida bosh qotirishmoqda.
The Touchline nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Liverpul»ning ushbu pozitsiya uchun asosiy maqsadi — «Real» sharafini himoya qilayotgan Rodrigo. Ammo «qizillar»da boshqa variantlar ham bor. Nomzodlar ro'yxatida keyingi o'rinni «Nyukasl»dan Entoni Gordon egallab turibdi. Shuningdek, ro'yxatda turli texnik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan boshqa futbolchilar ham mavjud.
25 yoshli Rodrigo nufuzli Transfermarkt portali tomonidan 60 million evroga baholanmoqda. 24 yoshli Gordonning transfer narxi ham xuddi shunchani tashkil etadi.
Hozirda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
452