Marsyal og'ir jarohatidan so'ng shifoxonaga tushib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3069

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Antoni Marsyal o'tgan yilning sentyabr oyida Meksikaning «Monterrey» klubi tarkibiga kelib qo'shilgan edi. O'tgan dam olish kunlari jamoa «Leon»ga qarshi maydonga tushdi va Marsyal jarohati sababli birinchi bo'lim oxirida almashtirildi.
Marsyal elkasidan chiqish jarohatini oldi va zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. talkSPORT nashrining xabariga ko'ra, agar jarrohlik amaliyoti talab etilmasa, frantsuz futbolchisining tiklanishi uchun taxminan 4-6 hafta vaqt kerak bo'ladi. Agar Antoni operatsiya qilinsa, u holda safdan chiqish muddati 3 oydan 6 oygacha uzayishi mumkin.
Antoni Marsyal hozirda 30 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 6 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
361