«Olimpiakos» futbolchilari Gretsiya futboli tarixidagi eng katta mukofot pulini olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 954

«Olimpiakos» egasi Evangelos Marinakis Gretsiya chempionatidagi ketma-ket beshta g'alaba uchun jamoa futbolchilariga yirik miqdorda mukofot puli to'lashni va'da qildi. Bu haqda sport24.gr nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etadi. Oldindagi beshta o'yinda «Olimpiakos» «Panetolikos», «Panserraikos», PAOK, OFI va «Larisa» jamoalariga qarshi bahs olib borishi kerak.
Bundan tashqari, klub xo'jayini Chempionlar ligasining pley-off bosqichida «Bayer» ustidan qozoniladigan g'alaba va 1/8 final yo'llanmasi uchun alohida maxsus bonus va'da qilgan. Qayd etilishicha, bu Gretsiya klublari tarixidagi eng yirik mukofot puli bo'lishi mumkin.
Hozirda «Olimpiakos» 47 ochko bilan Gretsiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam AEKdan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
464