«Real»ning «Benfika»ga qarshi o'yini uchun Arbeloaning rejasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 560

Seshanba oqshomida Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida «Benfika» va «Real» jamoalari to'qnashuvi bo'lib o'tadi. AS jurnalistlarining xabariga ko'ra, Alvaro Arbeloaning qarori bilan Arda Gyuler ilk daqiqalardan maydonga tushadi va yarim himoyada «erkin ijodkor» rolini bajaradi.
Shuningdek, yarim himoya markazida Federiko Valverde, Eduardo Kamavinga va Orelen Tchuameni harakat qilishadi. Hujum chizig'ida esa jamoaning asosiy yulduzlari — Vinisius Junior va Kilian Mbappe raqib darvozasiga xavf soladi.
«Benfika» va «Real» o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (18 fevralga o'tar kechasi) boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
452