Eden Azar: «Hozir futbolchidan ko'ra ko'proq taksichiman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Belgiyalik sobiq yulduz Eden Azar futbolchilik faoliyatini yakunlagach, butun e'tiborini oilasiga qaratganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, vaqtning qanchalik tez o'tishi insonni hayratga soladi.
«Hayot juda tez o'tadi, ayniqsa, futbolda. Kecha men 19 yoshda edim, bugun esa — 35 yoshdaman. Hozir mening hayotim ancha oddiy. Men 5 nafar farzandning otasiman. Hozirgi paytda men futbolchidan ko'ra ko'proq taksichiman, lekin bu normal holat», — deydi Azar.
Eslatib o'tamiz, Eden Azar «Lill», «Chelsi» va «Real Madrid» klublaridagi muvaffaqiyatli yurishlaridan so'ng, 2023 yilda faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
458