Bubanya "Metallurg"da o'ziga raqam tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439

Bekobodning "Metallurg" klubi himoyachisi Vladimir Bubanya 15-raqamni tanlashga qaror qildi.
Ta'kidlash lozim, 2017/18 yilgi mavsumda OKMK safida O'zbekistonda debyut qilgan futbolchi aksariyat jamoalarida shu raqamda to'p tepgan.
Serbiyalik tajribali himoyachi yangi mavsumda bekobodliklar safida ham aynan 15-raqam ostida harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, "Metallurg"da 2023/24 yilgi mavsumda Azizbek Pirmuhammedov 15-raqamda harakat qilgan. Undan avvalroq esa yana bir himoyachi Abbos Otaxonov ushbu raqamga egalik qilgan. Shuningdek, klub tarixida o'chmas iz qoldirgan hujumchi Zohid Abdullaev uzoq yillar shu raqamda to'p tepganini muxlislar yaxshi bilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
489