"Real"ning eng ko'p maosh oluvchi 3-futbolchisi jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3262
"Real"ning tajribali himoyachisi David Alaba joriy mavsum yakuniga etgach, klub bilan xayrlashishi aniq bo'lgani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Avstriyalik futbolchi Madrid klubining moliyaviy jihatdan eng katta "yuklari"dan biri hisoblanadi.
Maoshlar bo'yicha holat:
Alabaning yillik maoshi 22 500 000 evroni tashkil qiladi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u jamoada Kilian Mbappe va Vinisius Juniordan keyingi 3-o'rinda turadi.
Klub rahbariyati maoshlar vedomostini optimallashtirish va tarkibni yangilash maqsadida 33 yoshli Alabaning ketishiga qarshi emasligi aytilmoqda. Uning jarohatlardan keyingi holati va yuqori maoshi bu qarorning asosiy sabablari sifatida ko'rilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
492