Ispaniya hakamlar qo'mitasi o'z xatosini tan oldi! (Video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 887

Ispaniya hakamlar qo'mitasi (CTA) «Jirona» va «Barselona» o'rtasidagi bahsdagi bahsli vaziyat bo'yicha bayonot berdi. Qo'mitaning tan olishicha, «Jirona» gol urgan vaziyatda Kundega nisbatan qoida buzilgan deb topilishi va gol bekor qilinishi mumkin edi.
Ushbu qaror o'yin taqdiriga bevosita ta'sir ko'rsatdi, chunki yakunda «Barselona» aynan bir to'p farqi bilan (1:2) mag'lubiyatga uchradi.
Hakamlarning bu xatosi kataloniyaliklarning chempionlik poygasida «Real»dan yanada ortda qolishiga sabab bo'ldi. Hozirda «Barselona»da 58, «Real»da 60 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
484