Rasman. "Paxtakor" polshalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2113

"Paxtakor" polshalik hujumchi Pyotr Parjishek bilan shartnoma imzoladi.
32 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi Finlyandiyaning "KuPS" bo'lgandi. U erkin agent sifatida "sherlar" safiga kelib qo'shildi.
Parjishek faoliyati davomida Gollandiyaning "De Graafsxap", "Zvolle", "Emmen", Angliyaning "Charlton", Belgiyaning "Sent Truyden", "Molenbeek", Daniyaning "Randers", Polshaning "Piast", "Pogon", Italiyaning "Frozinone", Ispaniyaning "Leganes" klublarida ham o'ynagan. Polsha va Finlyandiya chempionatlarida "Piast" hamda "KuPS" klublari bilan g'olib bo'lgan.
Hujumchi sobiq jamoasi safidagi so'nggi golini UEFA Konferentsiyalar ligasining so'nggi turida safarda "Kristal Pelas" darvozasiga kiritgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
459