"Barselona" Levandovskiga o'rinbosarni A Seriyadan topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574

Shu yozda Ispaniyaning "Barselona" klubi "Inter"ning 28 yoshli frantsuz hujumchisi Markus Tyuram bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqadi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Tyuram polshalik hujumchi Robert Levandovskining o'rnini egallashi mumkin. Kataloniyaliklar shu yozda shartnomasi yakuniga etadigan Levandovski bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirishmayapti. Tyuramning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
Markus Tyuram 2023 yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" klubidan "Inter"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u 29 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
451