Makkenni: "Yuventus" g'alaba qozonishni istaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

Turinning "Yuventus" klubi safida to'p surayotgan amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi Istanbulning "Galatasaroy" jamoasiga qarshi ilk o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu o'yin biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz faqat g'alaba qozonish niyatidamiz. Men ilgari bu erda o'ynaganman, shuning uchun stadiondagi muhitni juda yaxshi bilaman. Jamoamiz uchun bu yangi tajriba bo'ladi. "Yuventus" g'alaba qozonishni xohlaydi", — deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Galatasaroy" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs bugun, 17 fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
422