Muhammad Saloh Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

"Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh katta ehtimol bilan kelayotgan yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
Liverpool Echo xabariga ko'ra, 33 yoshli misrlik yulduzni qo'lga kiritish borasida hozirda Saudiyaning ikki grandi "An-Nasr" va "Al-Ittihod" kurash boshlagan. Ular allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan.
"Qizillar" 2027 yilning yozigacha shartnomasi bor yulduzini transferidan foyda olish uchun uni qo'yib yuborishga qarshi emas.
Saloh 2017 yilda "Roma"dan 42 million evroga sotib olingandi. U jamoa uchun jami 428 ta o'yinda 252 ta gol urib, 121 ta assist amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
433