Simeone Oblakka javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 522

Madridning "Atletiko" jamoasi "Rayo Valekano"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, sloveniyalik darvozabon Yan Oblak murabbiy Diego Simeonening yondashuvini tanqid qilishga jur'at etgandi. O'shanda Simeone raqibni oson o'lja deb hisoblab, maydonga eng kuchli tarkibni tushirmagan edi. Endi esa argentinalik mutaxassis o'z darvozaboniga javob berishga qaror qildi.
"Men uning fikriga qo'shilmayman. Biz raqib tanlamaymiz. Biz shunchaki o'yinni yomon o'tkazdik. "Rayo" bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynadi", — deya Simeonening so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Hozirda "Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
434