Nodirbek Abdusattorov tantanali tarzda kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 875

FIDE Freestyle Chess World Championship turnirida 3-o'rinni egallab yurtimizga qaytgan shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Nodirbekni sport jamoatchiligi, mutasaddilar va muxlislar samimiy qutlashdi.
Nufuzli Jahon chempionatida Abdusattorov bronza medali bilan birga 2027 yilda o'tkaziladigan navbatdagi Jahon birinchiligiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani ham qo'lga kiritdi. Nodirbek 3-o'rin uchun bahsda germaniyalik grossmester Vintsent Keymer ustidan g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344