"Arsenal" Martinelli o'rniga Evropaning eng xaridorgir yulduzini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

"RB Leyptsig" vingeri Yan Diomande jamoasini o'zgartirishga tobora yaqinlashmoqda. Unga yangi jiddiy da'vogar paydo bo'ldi — Londonning "Arsenal" klubi.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, "kanonirlar" Diomandeni jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Martinelliga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Leyptsig" Diomande bilan 100 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Shu bilan birga, "Arsenal" "Leyptsig" yulduzi uchun boshqa top-klublar bilan raqobat qilishga tayyor. Diomandening xizmatlariga "Bavariya", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372