"Arsenal" Alvares bo'yicha 120 millionlik taklif yuborgan edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1673

"Arsenal" 2025 yilning yozida "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishga harakat qilgan edi.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati vaqtida londonliklar argentinalik futbolchi uchun 100 mln evro va qo'shimcha 20 mln bonus taklif qilishgan, biroq Madrid klubi bunga rad javobini bergan, deb xabar qilmoqda El Desmarque.
Hujumchining shartnomasidagi tovon puli 490 mln evroni tashkil etadi, maoshi esa soliqlar to'langanidan keyin yiliga 6 mln evroga teng. Ammo 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab, agar Alvares shartnomasini uzaytirsa, "Atletiko"da ancha ko'proq ishlab topishi mumkin bo'ladi.
Yaqinda yopilgan qishki transfer oynasi vaqtida "PSJ" Alvares bo'yicha takroriy so'rov yubordi. "Arsenal" ham o'yinchiga bo'lgan qiziqishini saqlab qolgan, biroq ayni damda Alvares ilgari "Manchester Siti" safida to'p surgan APLga qaytish niyatida emas.

Bosh sahifaga
360