"Tottenxem" jar yoqasida...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502

Agar "Tottenxem" APLdan tushib ketsa yoki evrokuboklarda ishtirok eta olmasa, o'nlab million funt sterling yo'qotishi mumkin.
26-turdan so'ng "shporlar" Premer-ligada 16-o'rinni egallab turibdi va xavfli hududdan bor-yo'g'i 5 ochko masofada joylashgan. The Telegraph nashrining xabar berishicha, agar London klubi Chempionshipga ravona bo'lsa, ba'zi homiylar shartnomalarni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo'ladi.
Klubning etakchi tijorat hamkorlaridan biri bilan tuzilgan kelishuv muddati shu yozda tugaydi va uning uzaytirilishi katta so'roq ostida turibdi. Shuningdek, "Tottenxem" keyingi mavsumda evrokuboklarda qatnashmasa, homiylardan beriladigan manfaatli bonuslardan ham mahrum bo'ladi.
Moliyaviy holatga londonliklar qurilishi uchun 1 milliard funt sarflangan stadionning nomlash huquqini (neyming) haligacha sota olmaganliklari ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
"Faqatgina evrokuboklarga chiqa olmagani uchun belgilanadigan jarimalar o'nlab millionni tashkil etadi. Agar klub APLdan chiqib ketsa, bu summa yanada kattaroq va halokatli bo'lishi mumkin", — deydi homiylik masalalari bo'yicha ekspert The Telegraph nashriga.

Bosh sahifaga
344