«Chelsi» bir yo'la uch nafar himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 983

Kelayotgan yozda «Chelsi» himoyachilar Tosin Adarabioyo, Benua Badyashil va Trevo Chalobaning sotilishi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ma'lumotiga ko'ra, klub rahbariyati ushbu futbolchilarni jamoa darajasiga mos emas deb hisoblamoqda. Shu sababli, ularning sotilishi eng to'g'ri qaror sifatida ko'rilmoqda.
«Aristokratlar» sotuvdan tushgan mablag'ni bo'lajak transferlar uchun sarflashni rejalashtirmoqda. Klubning asosiy maqsadlaridan biri — «Nottingem»ning braziliyalik himoyachisi Murillo bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174