«Barselona» Belgiyadan 18 yoshli hujumchini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10888

«Barselona» yozgi transfer oynasida Belgiyaning «Bryugge» klubidan 18 yoshli hujumchi Jessi Bisivu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda.
Bisivu hozircha asosiy tarkibda debyut qilgani yo'q. Ushbu mavsumda uning hisobida klubning yoshlar jamoasi safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.
Bisivuning «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Futbolchining transfer qiymati — 800 000 evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174