«Arsenal» nishonida Italiyaning yangi yulduzi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69

Londonning «Arsenal» klubi «Inter»ning 20 yoshli hujumchisi Sebastyano Espozito transferi bo'yicha taklif yuborishi mumkin. Bu haqda futbol insayderi Nikolo Skira xabar bermoqda.
Jurnalistning ta'kidlashicha, «kanonirlar» skautlari A Seriya doirasidagi «Inter» va «Yuventus» o'rtasidagi uchrashuvda hozir bo'lishgan. Milan klubi 3:2 hisobida g'alaba qozongan bahsda Espozito 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va oradan 10 daqiqa o'tib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Espozito 2025 yilda «Spetsiya»dan «Inter»ga o'tgan edi. Hujumchi klub safida 32 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181