"Inter" – "Yuventus" o'yini hakamiga o'lim bilan tahdid qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

Futbol hakami Federiko La Penna tahdidlar sababli politsiyaga murojaat qildi.
Arbitr A Seriya 25-turidan o'rin olgan "Inter" va "Yuventus" (3:2) o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan edi. O'yinning 42-daqiqasida turinliklar himoyachisi Per Kalulu Fabio Mirettining noaniq uzatmasidan so'ng Alessandro Bastonining oyog'iga zarba berishiga bir baxya qoldi. "Neradzurrilar" futbolchisi kontaktni simulyatsiya qilib, maydonga yiqildi, La Penna esa "Yuventus" himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. Bastoni chetlatishni juda hissiyot bilan nishonladi.
Ushbu o'yindan so'ng hakam ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlarga uchradi, shuningdek, unga o'lim bilan tahdid qilishdi. Shu munosabat bilan La Penna Rim politsiyasiga shikoyat qilishga qaror qildi va politsiya tergov harakatlarini boshladi.

Bosh sahifaga
390