Boks. Qizlarimizdan bir g'alaba, bir mag'lubiyat
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqasida bugun nimchorak final bosqichi janglari davom etmoqda.
Kechki dasturda o'zbekistonlik ikki ayol bokschi ringga ko'tarilishdi. Maftuna Melieva (-69 kg) litsenzion musobaqadagi ilk jangini yaponiyalik Mai Kitoga qarshi o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi!
Navbahor Hamidova (-75 kg) esa qozog'istonlik Nadejda Ryabetsga qarshi ringga ko'tarildi va keskin kechgan bahs yakuniga ko'ra 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258