Devid «Galatasaroy»ga qarshi o'yinda «Yuventus»ga yordam bera olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Italiyaning «Yuventus» klubi hujumchisi Jonatan Devid jarohat oldi va navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsioning sayti xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Devidning chov sohasida noqulaylik (og'riq) bor. U 17 fevral kuniga belgilangan Chempionlar ligasi doirasidagi Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. O'z navbatida, oxirgi turda «Inter» bilan o'yinda ishtirok etmagan yarim himoyachi Kefren Tyuram qaydnomaga kiritilgan va maydonga tushishi mumkin.
Kanadalik 26 yoshli hujumchi joriy mavsumda klub miqyosidagi 34 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361