Mourino "Real"ga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 935

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi o'yin oldidan Madrid klubiga qaytishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.
Avvalroq matbuotda «Real» prezidenti Florentino Peres Mourinoni yana murabbiylik kursisida ko'rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Real"ga qaytish ehtimoli? "Benfika" bilan yana bir yillik shartnomam bor va unda har ikki tomon uchun amal qiladigan oddiy sotib olish optsiyasi ko'rsatilgan. Hozirda "Real" bilan bog'liq variantlar umuman yo'q", — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Joze Mourino 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan.
«Benfika» va «Real» o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 17 fevral kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
356