Yulduzli Nigeriya O'zbekistonning JCh-2026'dagi ehtimoliy raqibiga aylanishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 527

Nigeriya futbol federatsiyasi Kongo terma jamoasi ustidan FIFAga rasmiy petitsiya topshirgan. The Guardian xabariga ko'ra, mazkur ish bo'yicha tashkilot bugun o'z yakuniy xulosasini taqdim etishi kutilmoqda.
Da'voning mazmuni nimada?
Nigeriya tomonining ta'kidlashicha, Kongo terma jamoasining 6 nafar futbolchisi mamlakat qonunchiligiga zid ravishda Evropa pasportlaridan voz kechmagan holda maydonga tushgan. Shu bois, ularning Nigeriyaga qarshi saralash bahsida ishtirok etish huquqi bo'lmagan deb hisoblanmoqda.
Nigeriya uchun imkoniyat:
Agar FIFA Nigeriyaning da'vosini qanoatlantirsa:
Nigeriyaning Kongodan uchralgan mag'lubiyati (1:1, penaltilarda 3:4) bekor qilinadi;
«Super burgutlar» Kongo o'rnini egallab, qit'alararo pley-off bosqichiga yo'llanma oladi.
Agar Nigeriya pley-offga yo'l olsa, 2026 yil martida Yamayka–Yangi Kaledoniya juftligi g'olibiga qarshi pley-off final bahsida maydonga chiqadi. Ular g'alaba qozongan taqdirda Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston o'rin olgan «K» guruhiga borib tushadi.

Bosh sahifaga
393