«Messi effekti»: Lionel Messi «Inter Mayami» va MLS iqtisodiyotini tubdan o'zgartirib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

Lionel Messining MLSga kelishi nafaqat «Inter Mayami»ning natijalariga, balki butun liganing moliyaviy holatiga ulkan ta'sir o'tkazdi.
Forbes nashrining xabar berishicha, argentinalik yulduz sababli klubning yillik daromadi 56 million dollardan 200 million dollargacha ko'tarildi.
Bundan tashqari, jamoa o'z tarixida ilk bor sovrinlarni qo'lga kiritdi va aylanma mablag'i 1,35 milliard dollarga etgan MLSdagi birinchi franshizaga aylandi. Messi nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham klubning mavqeini ko'tarib, Amerika futboli iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394