Mbappe tizzasidagi og'riq tufayli konservativ davolanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1754

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe hali ham tizzasidagi og'riqdan aziyat chekmoqda.
Frantsiyalik futbolchi La Liga doirasida shanba kuni bo'lib o'tgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yinni (4:1) o'tkazib yubordi, biroq kechagi mashg'ulotlarda «Real»ning umumiy guruhida ishtirok etdi. Eslatib o'tamiz, Mbappe dekabr oyida tizza boylamlarini cho'zib olgan edi.
The Athletic bergan ma'lumotga ko'ra, hujumchi konservativ davolanish jarayonini o'tamoqda. «Real»da Mbappening holati yaxshilanishda davom etishini kutishmoqda, garchi u hali ham noqulaylik sezayotgan bo'lsa-da. Klub tiklanish rejasini o'zgartirishga zarurat ko'rmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387