APLda Ramazon an'anasi davom etadi: Musulmon futbolchilar uchun o'yinlarda tanaffus beriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

Angliya Premer-ligasida Ramazon oyi davomida to'p suradigan musulmon futbolchilar uchun maxsus imkoniyat yaratib beriladi. Unga ko'ra, iftorlik vaqti o'yin paytiga to'g'ri kelib qolsa, futbolchilar og'izlarini ochib olishlari uchun bahs bir necha daqiqaga to'xtatib turiladi.
Bu an'ana so'nggi yillarda APLda muntazam tus olgan bo'lib, hakamlarga quyosh botgan vaqtda o'yinda qisqa tanaffus e'lon qilish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi. Bu vaqt ichida futbolchilar suv yoki engil tamaddi bilan quvvatlarini tiklab olishlari mumkin.
Bunday qaror liga rahbariyati va hakamlar korporatsiyasi (PGMOL) tomonidan musulmon futbolchilarning e'tiqodini hurmat qilish hamda ularning sog'lig'ini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Bosh sahifaga
358